NAVBATDAGI IQTISODIY O‘QISH O‘TKAZILDI
🗓 2026-yil 31-iyul kuni Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasida navbatdagi iqtisodiy o‘qish mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot davomida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi O‘RQ-684-son "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi Qonunining 7-bobi – "Eng yaxshi takliflarni tanlash" mavzusi yuzasidan batafsil ma’ruza qilindi.
Unda:
🔹 eng yaxshi takliflarni tanlash tartibi;
🔹 xarid qilish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar;
🔹 ishtirokchilarning takliflarini ko‘rib chiqish va baholash mezonlari;
🔹 g‘olibni aniqlash hamda tanlash natijalarini rasmiylashtirish tartibi yuzasidan amaldagi qonunchilik normalari atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, amaliyotda uchraydigan holatlar misolida mavzu yuzasidan tavsiyalar berildi hamda ishtirokchilarning savollariga batafsil javob qaytarildi.
👤 Ma’ruzachi:
Janizakov Sardor
Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi
Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish sho‘basi bosh mutaxassisi