SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI

24-Iyul, 2026-yil

2026-yil 24-iyul kuni Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasida davlat xizmatchilarining siyosiy-huquqiy bilimlari, Vatanga sadoqat va yuksak fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi

"Siyosiy-ma’rifat soati" tashkil etildi.
Ushbu soat davomida xodimlar belgilangan dastur asosida taqdim etilgan siyosiy-ma’rifiy materiallarni diqqat bilan tinglab, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat xizmatida yuksak mas’uliyat, qonun ustuvorligi hamda vatanparvarlik g‘oyalari yuzasidan o‘z bilim va tushunchalarini yanada boyitdilar. Davlat xizmatchilari uchun mazkur o‘quvlar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

🔹 Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi jamoasi bundan buyon ham siyosiy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib, davlat xizmatida professionallik, mas’uliyat va fidoyilik tamoyillariga sodiq qoladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech