🛡 Korrupsiyaga qarshi kurashish

24-Iyul, 2026-yil

Bugun 2026-yil 24-iyul kuni Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasida "Korrupsiyaga qarshi kurashish" mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminar boshqarmaning Bosh yuriskonsulti Ismailov Ikrom Sidikovich tomonidan o‘tkazilib, unda korrupsiyaning oldini olish, xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat vazifalarini halollik va qonuniylik tamoyillari asosida bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, seminar davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, amaldagi qonunchilik talablari hamda davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarning savollariga javob berilib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi profilaktik chora-tadbirlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.


Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech